Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida Damas haydovçisi YPX xodimini bosib, surib ketdi. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 2024 yil 31 yanvar kuni soat 16:35 larda sodir bölgan.

“Kitob-Şahrisabz” avtomobil yölining 3-kilometrida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi N.Musinov davlat raqam belgisi bölmagan Damas haydovçisining hujjatlarini tekşiriş maqsadida "töxtaş" haqidagi işorani bergan.

Biroq haydovçi töxtamasdan Damas’ni xodimning ustiga haydagan. YPX xodimi fuqarolar yordamida maşina ostidan olib çiqilgan va şifoxonaga olib borilgan.

Kitob tumani tibbiyot birlaşmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga köra xodimda boşi, yuzi, qöli va oyoqlarida şilingan, qirilgan jarohatlar borligi ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Damas xodimni bosib, uni sudrab ketayotganini köriş mumkin.

Boşqasida bir neça nafar YPX xodimlari fuqarolar bilan birga yurib ketayotgan Damas’ni töxtatgani, söng maşinaning bir tomonini kötarib, ostidan xodimni tortib olişgani körinadi.

Yana bir holatda IIB xodimi Damasʼdan tuşirib olingan haydovçining yuziga dubinka bilan urgani tasvirlangan.

Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.