Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida xotinini tiriklayin tandirda yoqib yuborgan erkakka sud hukmi öqildi.
Qayd qilinişiça, S.K. ismli erkak xotinini xiyonat qilganlikda ayblab, er-xotinlik munosabatlariga kirişmay qöygani uçun qasddan öldirişni rejalaştirgan.
U uyda heç kim yöqligidan foydalanib, turmuş örtoği oşxonada tandirga öt yoqayotgan vaqtida uning kökrak qafasiga muşt tuşirib, yonib turgan tandirga tiriklayin taşlab yuborgan. Şundan söng, tandirning içiga ötin va yonişi mumkin bölgan boşqa aşyolarni taşlagan va jinoiy rejasini oxirigaça amalga oşiriş maqsadida oşxonaning eşigini yopib qöygan.
Sud tibbiy ekspertizasi ayolning tanasi 100 foiz termik kuyganini aniqlagan. Uning ölimiga «hayot uçun xavfli bölgan oğir jarohatlar» sabab bölgani körsatilgan.
Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam öldiriş) bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Şuningdek, jazoning dastlabki 3 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.

















