Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining Karş mahallasidagi bolalar toşloq, loy bölib ketgan yöl orqali maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimiyati munosabat bildirdi.

Ta’kidlanişiça, Karş mahallasi Sariosiyo tumani markazidan qariyb 70 km uzoqlikda, toğli hududda joylaşgan. Hududda 487 nafar fuqaro 91 ta xonadonda yaşaydi. Mahalladagi 80 örinli maktab 2018 yilda qurilgan va hozirda barça zarur şaroitlar bilan ta’minlangan.

2022-2023 yillar davomida mahallaga transport borişi uçun 11 km uzunlikdagi toğli hudud orqali yangi yöl oçilgan. Mahallaning 5 km içki yöllari toşlanib, ta’mirlangan. Şunga qaramay, videodagi içki yölda noqonuniy qurilmalar sababli ta’mirlaş işlari bajarilmay qolib ketgan.

“Yöllar, mahallalardagi infratuzilmani rivojlantiriş avvalo aholi farovonligini yaxşilaş uçun amalga oşirilayotgan bölib, bolalarning sifatli ta’lim olişi hamda xavfsiz va qulay yöllardan maktabga borişlarini ta’minlaş bizning vazifamiz.

Biroq ayni hozirgi kunlarda Karş mahallasiga boruvçi yöl töliq qor bilan qoplanganligi sababli transportning hududga boriş imkoniyati yöq. Viloyat hokimining körsatmasi bilan Karş mahallasidagi maktabga boruvçi içki yölni ta’mirlaş böyiça tuman hokimligi va mutasaddi taşkilotlar tomonidan çora-tadbirlar işlab çiqilayotgan bölib, yöldagi qor qoplami erigaç, ta’mirlaş işlari boşlanadi”,– deyiladi rasmiy izohda.

Hokimiyat qilingan işlar borasida jamoatçilikka qöşimça axborot berilişini qayd etdi.