Yordonlik Abduğani Tillayev tong saharda qişloqdagi eçkilarni bir joyga yiğib toğga olib çiqib ketadi. 58 yoşli çöpon ança tetik, tik qiyalikka qiynalmay kötariladi. Qoş qorayganda esa peçkaga yoqiş uçun bir quçoq ötinni yelkasiga ortib tuşadi.
“Esing kirsa, eçki boq, degan naql bor. Eçki boqib, tirikçilik qilamiz. Yozda sutini sotamiz, qatiq ivitib, qurut tayyorlaymiz, qişda esa semirganlarini söyib yeymiz.

Tong sahardan qoş qoraygungaça çöqqida bölaman. 150 boş eçki bor. Bahorda bolalab yana köpayadi. Qöyga qaraganda eçkini boqiş ança oson. Xaşakni kamroq yeydi.

Havo sovidi degunça çöqqida börilar paydo böladi. Ayniqsa havo ayniganda, tuman tuşganida börilar hujumga ötişadi. Körmay qolsak, böriga yedirib qöyamiz. Şunday voqealar ham böladi.

Yoşim 58 da. Ança-munçasi bu toğga çiqa olmaydi. 4-5 km tepalikka kötarilişga töğri keladi. Yoşligimizdan şu toğda yurib örganib qolganmiz. Peçkaga yoqiş uçun toğdan bir kötarim ötin olib tuşaman”, deydi çöpon.

Şomga yaqin eçkilar pastlikka tuşib, öz qöralariga tarqalişadi. Ertasi kuni tongda Abduğani çöpon ularni yana bir joyga töplab toğga olib çiqib ketadi...
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev
















