2024 yilda Özbekiston tarixidagi eng iliq yanvar qayd etildi, deb xabar berdi «Özgidromet».
Qayd qilinişiça, sovuq havo ikki marta (oyning örtasida va oxirgi beş kunligida) kuzatildi. Örtaça oylik havo harorati iqlim me’yoridan 3-4 darajaga, şimolda 1-2 darajaga yuqori böldi.
Hududning katta qismida (respublikaning şimolidan taşqari) 2024 yil yanvar oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uçligiga kirdi.
Eng iliq kunlarda havo 15-18 daraja, janubda 19-22 daraja, şimolda 10-12 darajagaça isidi. Yanvar oyidagi eng yuqori harorat 20-25 daraja, janubda 24-27 daraja, şimolda 13-16 daraja bölgan qiymatlari 2002, 2007 va 2021 yillarda kuzatilgan.
Oyning ikkinçi ön kunligida sovuq Arktika havosining kirib kelişi hisobiga havo harorati keçalari 17-22 darajaga, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Andijon viloyatlarida ba’zi joylarda 25-29 darajaga pasaydi.
Yanvar oyida respublika hududida yoğingarçilik juda notekis böldi. Me’yorga nisbatan eng kam yoğingarçilik Farğona vodiysi viloyatlarida (me’yordan 50 foiz kam), Xorazm va Buxoro viloyatlarida esa (me’yordan 200 foiz köp) eng köp böldi.
Respublikaning tekislik hududlarida yoğingarçilik aralaş körinişda kuzatildi, ammo barqaror qor qoplami şakllanmadi. Qorning qalinligi 5-7 santimetrdan köp bölmadi, qor qoplamining davomiyligi bir kundan uç kungaça kuzatildi. Respublikaning janubi va Farğona vodiysining tekislik hududlarida umuman qor qoplami hosil bölmadi.
Qor qoplamining eng uzoq davomiyligi Qoraqalpoğiston Respublikasi şimolida, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida va Navoiy viloyati çöl hududlarida 15-20 kun kuzatildi. Bunda qorning qalinligi 10-12 santimetrga yetdi.
Toğli hududlarda qor qoplami oy davomida saqlanib turdi. Toşkent, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlari toğlarida oy oxiriga qor qalinligi 40-80 santimetrni, baland toğlarda 100-120 santimetrni taşkil etdi. Bu körsatkiçlar örtaça köp yillik va ötgan yilgi qiymatlarga mos böldi.

















