Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidagi bozor raisi qamoqqa olingan. Viloyat prokuraturasi holat böyiça ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqda Paxtaçi tumanidagi bozorga rais etib tayinlangan G.A.ning qamalganidan onasi T.Aliyeva norozi bölib videomurojaat qoldirgan. G.A. va V.N. jamiyat işçi xodimlarining 113 million sömdan ortiq iş haqlarini ularga tölab bermasdan, jamiyat ştatlar jadvalida mavjud bölmagan 8 nafar işçi xodimlarga 13 million 781 ming söm iş haqi taşlab berib, tasdiqlangan ştatlar jadvaliga nisbatan xodimlarga 24 million 594 ming sömlik oylik iş haqini ortiqça hisoblab, uşbu pul mablağlarini talon-toroj qilişgan.
Bundan taşqari, tergovda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyuşmasi tomonidan berilgan 68 million 250 ming sömlik mahsulotlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Paxtaçi tumani bölimi tomonidan «Paxtaçi dehqon bozori» MÇJ rahbari G.A. va jamiyatning boş hisobçisi V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, 2 nafar gumonlanuvçiga nisbatan sudning ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Uşbu jinoyat işi böyiça Paxtaçi tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari ötkazilib, jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Paxtaçi tuman sudiga yuborilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça sud muhokamasi olib borilmoqda.

















