Amerikalik harbiylarning Yaqin Şarqdagi harbiy amaliyotlarini muvofiqlaştiruvçi AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi (Centcom) ma’lumotiga köra, AQŞ  va Britaniya Yamanda Eron bilan aloqador bölgan husiyçilarning pozitsiyalari böylab yangi zarbalar yölladi.

Bunga javoban husiyçilar Isroil tomonga dron va raketalar uçirgan, ularning aksari töxtatib qolingan.

Mahalliy vaqt bilan soat 19:20 da amerikalik va britaniyalik harbiylar Yamanda husiyçilarning oltita raketa uçiriş qurilmasiga zarba bergan, bu qurilmalar Qizil dengizdagi kemalar qanotli raketalar uçirişga tayyor turgandi.

Zarbalar Yamandagi 13 ta turli joydagi jami 36 ta nişon böylab berilgan.

AQŞ Markaziy qömondonligi e’lon qilgan bayonotda qayd etilişiça, raketalar AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining mintaqadagi kemalari hamda savdo kemalariga töğridan töğri xavf tuğdirgan.

Centcom bayonotida ta’kidlanişiça, şanba kungi qöşma bayonot AQŞ va Buyuk Britaniya hukumatlari körsatmasi bilan Avstraliya, Bahrayn, Kanada, Daniya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya kömagida boşlangan.

«Bu yuqori aniqlikdagi zarbalar husiyçilar jahon savdosi va oddiy dengizçilar hayotiga tahdid soliş uçun qöllanadigan imkoniyatlarni yöq qiliş va zaiflaştirişga qaratilgan bölib, husiyçilarning qator xavfli harakatlariga javob hisoblanadi», — deyilgan bayonotda.

AQŞ va Buyuk Britaniya husiyçilarning obektlari böylab zarbalarni ötgan oyda boşlagan, bunga husiyçilarning Qizil dengizdagi kemalariga davomli hujumlari sabab bölgandi.

Şundan buyon AQŞ muntazam ravişda zarba yöllab keladi. Payşanba kuni AQŞ kuçlari husiyçilarning Adan böğozidagi dronini, şuningdek pilotsiz kater va kemalarga qarşi ikkita ballistik raketalarini yöq qilgan.

Tramp jim

Baydenning bölajak prezidentlik saylovlaridagi ehtimoliy raqibi Donald Tramp hamon AQŞ zarbalari borasida sukut saqlamoqda. U ijtimoiy tarmoqlarda Respublika partiyasi içidagi sönggi raqibi Nikki Heyliga hujum qilişda davom etmoqda.

Politico naşri ta’riflaganidek, «Tramp, aftidan, Baydenga qaraganda qat’iyroqligi haqidagi iddaolari va şunçaki regiondan ketiş böyiça pozitsiyasi orasida ikkilanib qolmoqda».

Respublikaçilar Baydenni asosan AQŞning javob çoralari keçikayotgani uçun, şuningdek Vaşington öz rejalari haqida Eronni oldindan boxabar qilib qöyayotgani tufayli tanqid qilmoqda.