Xavfsizlik kuçlari Moskva viloyatidagi migrantlarning yaşaş joylarida yirik reydlar ötkazdi. Tadbirlar Şçelkovo va Balaşixa şaharlarida bölib ötdi, deb xabar berdi Baza.
Qayd qilinişiça, 30 yanvar kuni Balaşixada Içki işlar vazirligi, harbiy komissariyat va Tergov qömitasi xodimlari yaqinda Rossiya pasportini olgan, ammo harbiy röyxatdan ötmagan şaxslarni qidirgan. Reydlar mahalliy yotoqxonalar, bozorlar va kafelarda ham ötkazilgan.
Manbaga köra, 11 nafar fuqaro harbiy qömitaga olib ketilgan, 4 nafariga harbiy röyxatdan ötiş majburiyatini bajarmagani uçun bayonnoma tuzilgan.
Xuddi şunday reydlar Şçelkovoda ham bölib ötgan.
Baza xabariga köra, harbiy majburiyatdan qoçib yurgan migrantlarni qölga oliş böyiça operatsiya Tergov qömitasi va Içki işlar vazirligi topşiriği bilan ötgan yilning 1 oktyabrida boşlangan. Oktyabr oyi boşidan buyon 400 dan ortiq kişi xizmatga çaqirilgani ta’kidlanmoqda.
Şu bilan birga, Losino-Petrovskiy şahrida ötkazilgan reyd doirasida 200 dan ortiq odam qölga olingan. FXX, politsiya va Rossiya gvardiyasi xodimlari migrantlar noqonuniy yaşab, işlayotgan joylarni aniqlagan: plastik derazalar zavodi, novvoyxonalar va maxfiy fabrikalar.
Reyd natijasida 107 nafar şaxs içki işlar bölimiga olib borilgan, 12 nafariga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. 22 nafari Rossiyada böliş qoidalarini buzganlikda ayblangan.
















