Isroil hukumati 4 fevral kuni Hindiston, Şri-Lanka va Özbekistondan 65 ming xorijlik işçi olib kelişini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters yozdi. 

Qayd qilinişiça, Isroil falastinlik işçilar örnini xorijliklar bilan töldirmoqçi. 

2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan keyin, quriliş maydonçalarida işlayotgan 72 mingga yaqin falastinlik işçi xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakatdan çiqarib yuborilgan. 

Hozir quriliş sohasida 20 mingga yaqin xorijlik işçi qolgan, oqibatda mamlakatdagi quriliş maydonlarining deyarli yarmi işçi kuçi tanqisligi sababli yopilgan. 

Isroil uy-joy vazirligi vakilining sözlariga köra, yaqin haftalarda çet ellik işçilarning yangi guruhi kelişi kutilmoqda.