2023 yil yakunlariga köra, Özbekiston oltin sotiş böyiça Qozoğistondan biroz ortda qolib, ikkinçi örinni egalladi. Bu haqda Jahon Oltin Kengaşining (WGC) ma’lumotlarida keltirib ötilgan. 

Qayd etilişiça, ötgan yilda oltinning asosiy sotuvçisi Qozoğiston Markaziy banki böldi – taxminan 50 tonna. Özbekistonning oltin böyiça sof savdosi esa qariyb 25 tonnani taşkil etgan.

2023 yilda Xitoy sof xaridlar böyiça yetakçi böldi – 230 tonna. Undan keyingi örinlarni Polşa, Singapur, Liviya va Çexiya egallagan.

Dekabr oyida jahon markaziy banklarining oltin-valuta zaxiralari 28 tonnaga oşgan, bu qimmatbaho metallarni sotib oliş trendi davom etayotganini anglatadi. Oltinning asosiy xaridori 18 tonna bilan Turkiya bölgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilda Özbekiston 8,2 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu oldingi yilga nisbatan qariyb 2 barobarga köp. Şuningdek, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.