Özbekiston prezidenti taklifiga binoan Aleksandr Lukaşenko 7 fevral kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Bu haqda Boş vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonni Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib olgan.
Şundan keyin Lukaşenko Toşkentdagi Humo Arena muz saroyiga taşrif buyurdi.
Sport majmuasida belaruslik mehmonni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev kutib olgan.

Tanişuv çoğida ular Toşkentning «Humo» va Ostonaning «Nomad» hokkey jamoalari örtasidagi uçraşuvni tomoşa qilişdi. Öyin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tuşirilgan hokkey liboslari topşirildi.



Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 8 fevral kuniga rejalaştirilgan.

Özbekiston prezidenti matbuot xizmati bergan xabarga köra, taşrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi, ularda Özbekiston va Belarus örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqilişi rejalaştirilgan.
Özaro tovar ayirboşlaşni oşiriş, qişloq xöjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş masalalari diqqat markazida böladi.
Professional ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, sport va turizm sohalarida şeriklikni rivojlantiriş dasturlari ham muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar töplamini qabul qiliş közda tutilgan.
















