Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko qo‘shma bayonot qabul qildi.
Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu jumladan:
– 2024-2025 yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;
– Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
– Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
– Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
– 2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;
– 2024-2025 yillarda madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;
– 2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;
– 2024-2025 yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
– 2024-2026 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
– O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;
– 2024-2025 yillarda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.





Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024 yilda O‘zbekiston va Belarus hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.











