Özbekistonda 2023 yilda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi ma’lum qilindi.

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga köra, 2023 yilda qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 426,3 trln sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç 2022 yil bilan soliştirilganda 4,1 foizga oşgan.

Qayd etilişiça, 2023 yilda Özbekistonda çorvaçilik mahsulotlari yönalişida 2,8 mln tonna göşt (tirik vaznda), 12 mln tonna sut, 8,5 mln dona tuxum yetiştirilgan.

2023 yilda yetiştirilgan dehqonçilik mahsulotlari hajmi:

  • don mahsulotlari – 8,4 mln tonna;
  • kartoşka – 3,6 mln tonna;
  • sabzavotlar – 11,6 mln tonna;
  • poliz ekinlari – 2,4 mln tonna;
  • meva va rezavorlar – 3,1 mln tonna;
  • uzum – 1,7 mln tonna.