J.D.Power agentligi özining işonçli avtomobillar Vehicle Dependability Study reytingini e’lon qildi. Bir yil avvalgidek, unda birinçi örinni Lexus (PP100 indeksida 135 ball), ikkinçi va uçinçi örinlarni Toyota (147) va Buick (149) egalladi.
PP100 indeksi 100 ta maşinaga tuşgan şikoyatlar sonida ifodalanadi. Lexus avtomobillariga mijozlardan eng kam (135 ta) e’tiroz bölgan, demak brend reytingda şunça ball töplagan.
J.D.Power kompaniyasining qayd etişiça, dunyoda avtomobillar işonçliligi pasaygan, çunki örtaça indeks qiymati yil davomida tört poğonaga kötarilib, 190 ga yetgan.
Qayd qilinişiça, eng köp şikoyat multimedia tizimlari bilan boğliq. Elektron yordamçilarning bildirişnomalari sonining köpayişi ham mijozlarni asabiylaştirgan.
Şu bilan birga, elektromobillar ustidan şikoyatlar soni benzinli avtomobillarnikidan köproq bölgan – 256 ga nisbatan 187 ball. Bunda şikoyatlarning aksariyati şinalar eskirişining ortişi bilan boğliq.
Eng işonçli avtomobillar reytingida Chevrolet brendining 3 ta avtomobili (Equinox, Tahoe, Traverse) ham yuqori örinlarni egallagan. Uşbu avtomobillar Özbekiston bozorida ham sotiladi.
PP100 indeksi böyiça eng işonçli avtomobillar reytingi:
135 ball – Lexus (IS, ES, NX, RX modellari);
147 – Toyota (Corolla, Camry, 4Runner, Tundra, Tacoma);
149 – Buick (Encore);
174 – Chevrolet (Equinox, Tahoe, Traverse);
174 – MINI;
175 – Porsche 718;
185 – Mazda;
187 – Kia Sedona;
190 – BMW (X1, X6);
190 — Dodge.
Reytingning eng quyi qismini Chrysler egalladi - uning PP100 reytingi 310 ball. Audi (275), Land Rover (268), Volkswagen (267) va Tesla (252) ham eng yomon körsatkiçlarni qayd qilgan.
Reyting uçun ma’lumotlar 3 yil davomida avtomobildan foydalangan haydovçilar örtasida ötkazilgan sörov asosida töplangan. Ularga 9 ta toifaga ajratilgan 184 ta muammo yuzasidan savol berilgan: iqlim nazorati; elektron yordamçilar; haydaş tajribasi; eksteriyer; funksiyalar/boşqaruv uskunalari/displeylar; axborot-köngiloçar tizim; interiyer; dvigatel va örindiqlar.

















