Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur vaziyat viloyat hokimi tomonidan nazoratga olingan. Ta’kidlanishicha, yong‘inni bartaraf etish ishlaridan so‘ng, aholini qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkil etilgan.
Hozirda uyni tezkor tartibda ta’mirlash harakatlari boshlangan. Aholi vakillari ovqatlanishi va boshqa zaruriyatlar yuzasidan barcha kerakli sharoitlar yaratilmoqda.


«12 fevraldan uyning tom qismini yangidan barpo etish ishlari boshlanadi», deyiladi xabarda.











