Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Aholiga tegishli avtotransport vositalari:
- yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;
- yuk avtomobillari – 240 917 ta;
- avtobuslar – 6 297 ta;
- mikroavtobuslar – 9 102 ta;
- maxsus transportlar – 5 383 ta.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni:
- 2022 yil 1 yanvar holatiga: 3 268 470 ta (shundan 3 051 734 tasi yengil avtomobil);
- 2023 yil 1 yanvar holatiga: 3 637 119 ta (shundan 3 396 520 tasi yengil avtomobil);
- 2024 yil 1 yanvar holatiga: 4 020 744 ta (shundan 3 759 045 tasi yengil avtomobil).
2024 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan. Shunga ko‘ra, yengil avtomobillar soni har 1000 kishiga 98 tani tashkil etilmoqda. 2023 yilning 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 95 ta bo‘lgan.
Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda 418 734 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ularning rusumi quyidagicha:
- “Cobalt” – 118 093 dona
- “Damas” – 89 154 dona
- “Lacetti-Gentra” – 82 133 dona
















