13 fevral kuni Toşkent şahrida Tadbirkorlik sub’yektlari barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini yetkaziş hamda reytingni aniqlaş mezonlari bilan tadbirkorlarni taniştiriş maqsadida navbatdagi uçraşuv taşkil etildi.

Unda iştirok etgan Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Soliq kodeksining 227-1-moddasiga özgartiş kiritilişini e’lon qildi.

“Hukumat darajasida körib çiqilgan masala – 227-1-moddada jarimalar masalasi bor edi. Bu yerda ötirgan ma’lum tadbirkorlarimiz jarimaga tuşgan. Men sizlarga e’lon qilmoqçimanki, 100 foizlik jarima 2 foizgaça tuşirildi.

2-3 kunda yaxşi xabar kutib qolamiz”, – dedi Vahobov.

U uşbu masala 3-4 oydan beri hukumat darajasida muhokama qilinayotganini aytarkan, tegişli hujjat qöl qöyişga olib kirilganini ma’lum qildi.

“Bugun-erta yaxşi qaror çiqadi, şu yaxşi qaror evaziga tadbirkorlar uçun nima kutsak böladi?

100 foiz jarima tölaganlarga [jarimaning] 98 foizi qaytarib beriladi, tölamaganlarga 98 foizi olib taşlanib, 2 foizi qoladi. Kelajakda 227-1-modda böyiça 2 foizlik jarima qoladi”, – dedi SSP raisi.

227-1-modda haqida

2023 yil mart oyida Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritilib, 227-1-moddasi qöşilgan edi. Unga köra, tadbirkor markirovka qoidalarini buzsa, maxsus hisoblaş dasturlarini soliq organi bazasiga integratsiya qilmasa, bir çorakdagi (3 oy) sof tuşumining 100 foizi miqdorida jarimaga tortiladi. Bu jarimaning yuqoriligi tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bölib kelyapti.

2023 yil oxirida Prezident huzuridagi kengaş markirovkalaş böyiça jarimani kamaytirişni söradi. Kengaşning bu muammo yuzasidan davlat rahbariga murojaat etişga qaror qilişi ortidan Soliq qömitasi rahbarlari tadbirkorlar bilan muloqot qila boşladi. Savdo-sanoat palatasi 400 mlrd sömlik jarimalarni hisobdan çiqariş va belgilangan sanksiyani yengillaştirişni taklif etdi