Qaşqadaryoda onkologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlagan tibbiyot brigadalariga har bir aniqlangan holat uçun beriladigan pul mukofoti miqdori ma’lum qilindi. Bu haqda prezidentning 2024 yil 9 fevraldagi tegişli qarorida keltirib ötilgan.
Hujjatga köra, 2024 yil 1 maydan boşlab onkologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uçun Tibbiyot muassasalarining moddiy rağbatlantiriş va rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan 2 million söm miqdorida rağbatlantiriladi. Soğliqni saqlaş vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 martga qadar onkologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlagan tibbiyot brigadalarini rağbatlantiriş tartibini tasdiqlaşi belgilandi.
Prezident qarorida belgilanişiça, 2024 yil 1 martdan boşlab Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo viloyati filialining davlat bdyujyeti mablağlari hisobidan saqlanadigan örin-joylar soni 220 tadan 300 taga oşiriladi. Şuningdek, “Özbekiston temir yöllari” AJga qaraşli Qarşi temir yöl şifoxonasining bino va inşootlari, tibbiy texnika hamda jihozlarini Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo viloyati filialiga beğaraz ötkaziş orqali ular birlaştiriladi.
Qarorda Qarşi şahar tuğuruq kompleksi örnida 200 örinli yangi tuğruq kompleksi quriş, Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida 50 öringa möljallangan oğir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga palliativ yordam körsatuvçi hududlararo xospis taşkil etiş ham nazarda tutilgan.
Oldinroq prezident raisligida 2024 yilda ta’lim, soğliqni saqlaş, raqamlaştiriş, madaniyat va sport sohalarida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan yiğilişda onkologiya böyiça har bir erta aniqlangan holat uçun tibbiyot brigadalariga mukofot beriş joriy qilinişi, bu tajriba 1 maydan Qaşqadaryoda, kelgusi yildan boşqa hududlarda yölga qöyilişi ma’lum qilingandi.

















