Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Odiljon Tojiyev tomonidan Özbekistonda pora bilan qölga tuşgan sudyalar va prokurorlar tomonidan körgan işlarni qayta körib çiqiş taklif qilindi.  

“Bugun yana bir prokuror pora bilan qölga tuşdi. Ötgan hafta esa Mingbuloq tuman sudi raisi pora bilan qölga olingan edi.

Afsuski, bunday işlar odatiy holdek ötib ketmoqda. Biroq qonunni amalda qöllaş orqali qonuniylikni taminlaş asosiy burçi bölgan bu kabi şaxslarning özlari qonunni buzişayotgani odamlarda qonunlarga, pirovardida esa davlatga bölgan işonçni yöqotadi.

Şu bois, bunday şaxslarning jinoyatiga baho berişda ularning ötgan faoliyati davomida fuqarolarga nisbatan tasdiqlagan ayblov xulosalari va qabul qilgan qarorlariga ham baho berilişi kerak. Çunki bu kabi noloyiq şaxslarning harakatlari oqibatida qançadan-qança fuqarolar nohaq ayblanib, nohaq sudlanib ketgan bölişi mumkin”, deya yozdi Odiljon Tojiyev.

Spikeri örinbosarining fikriça, qonunçilikni mana şu yönalişda takomillaştiriş zarur. Bunday jinoyatçi şaxslar körib çiqqan barça materiallar kötarilib, qayta körib çiqilişi şart. Şunda adolat tiklanadi.

Eslatib ötamiz, oldinroq  jinoyat işlari böyiça Mingbuloq tuman sudi raisi sudlanuvçiga yengilroq jazo tayinlaş uçun 20 ming dollar talab qilib, şundan 2 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangandi. 13 fevral kuni esa Kogon tumani prokurori Bahodir Ğulomov qidiruvdagi şaxsga qöllangan qamoq ehtiyot çorasini bekor qiliş va jinoyat işi böyiça yengillik qilib beriş evaziga 90 ming AQŞ dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qölga olindi.