2023 yilda Özbekiston Amudaryo suvining 38,4 foizini işlatgan. Bu taxminan 18,3 km kubga teng.
Meteojurnal'ning yozişiça, 2023 yil Amudaryo Afğoniston hisobga olinmaganda uç mamlakat – Özbekiston, Turkmaniston va Tojikistonga taxminan 47,58 km kub suv bergan.
Daryo suvidan eng köp foydalangan mamlakat Turkmaniston bölgan. Uşbu mamalkat Amudaryo suvining 42 foizini işlatgan. Bu qariyb 20 km kub suv demakdir.
Özbekiston ötgan yili Amudaryoning 38,4 foiz (taxminan 18,3 km kub), Tojikiston esa 19,8 foiz (taxminan 9,4 km kub) suvidan foydalangan.
Naşrga köra, Turkmaniston suvdan samarasiz foydalanayotgan davlatlar orasida yetakçilardan biri. Rasmiy aholi ma’lumotlaridan kelib çiqilsa, Turkmanistonda 2023 yilda Amudaryodan suv oliş aholi jon boşiga 6741,7 metr kubni taşkil qilgan.
Oylar kesimida ham Turkmaniston Amudaryodan eng köp foydalanuvçi bölgan. Faqat fevral, mart va iyul oylarida Özbekiston Turkmanistonga nisbatan Amudaryodan köproq suv olgan.
Oldinroq Özbekistonda Suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasalari taşkil etilişi xabar qilingandi.
Ekologlar Qöştepa kanali öpirilganini aytişmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?

















