Andijon viloyatida ötayotgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev pora bilan qölga tuşgan Kogon tumani prokurori haqida töxtalib ötdi.

«Men nima uçun buni elga aytyapman? Buyam boş prokuror harakati bilan amalga oşyapti. Bu özi kuraşçi bölib, xodimi öğri bölsa, dardimizni kimga aytaylik?

3 kun oldin menga aytdi, men aytdim, «indamanglar, ertaga suddan qaytmasligi kerak bu narsa», dedim. Sekin-sekin 200 ming dollarni gaplaşgan. 91 mingni olib kelyapti, «yöq, narigisini ham olib kelasan», deyapti. «Uni ham indamanglar», dedim.

Uçinçi kuni 91 mingni olib keldi-da, 101 mingni olib kelinglar, deyapti. Endi yana mayda-çuyda bölmasin-ku, 10 mingni örtadagi vositaçilar olib qöyyapti. «Yöq, 10 mingni ham menga olib kel», dedi noinsof prokuror. 

Boş prokurorimiz şu yerda ötiribdilar, Buxoroga borib işdan oladi», dedi davlat rahbari.

Bundan oldinroq Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir Ğulomov 90 ming AQŞ dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qölga olingani xabar qilingandi. 2022 yil aprelda uşbu lavozimga tayinlangan prokuror qidiruvdagi şaxsga qöllangan qamoq ehtiyot çorasini bekor qiliş va jinoyat işi böyiça yengillik qilib beriş evaziga şunça pul olgani aytilgan.

Bahodir Ğulomov