Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuchli chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuchli shamol bo‘layotgani sababli chang-bo‘ronli ob-havo sharoiti davom etmoqda. Buning oqibatida ko‘rinish masofasi 40-50 metrgacha, ayrim joylarda undan ham ko‘proq masofaga pasaygan.

Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, bu kabi chang-to‘zonli havo Buxoro viloyatining cho‘l hududlarida ham kuzatilyapti. Bu esa yo‘llarda ko‘rinish masofasini cheklab, haydovchilar uchun biroz qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Oldinroq 16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetishi, ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligi xabar qilingandi.