Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi hisobçisi katta miqdordagi pulni özlaştirib qoçib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Championat.asia’ning öz manbasiga tayanib yozişiça, holat ötgan hafta sodir bölgani va ÖFA hisobçisi taxminan 4 milliard söm (350 ming dollar)ni özlaştirib Turkiyaga qoçib ketgan.

Holat yuzasidan ÖFA rasmiy munosabat bildirib, bu borada örganiş işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«ÖFA tomonidan holat yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda. OAV vakillaridan tekşirilmagan va hali tasdiğini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni söraymiz. Örganiş işlari yuzasidan tegişli xulosalar çiqarilgaç, natijasi böyiça qöşimça axborot beriladi», deyiladi taşkilot izohida.