“Öztransgaz” şimoldan import qilinadigan tabiiy gazni qabul qiliş hajmini oşiriş böyiça magistral gaz tizimini modernizatsiya qiliş dasturini amalga oşiradi. Bu – hukumatning “2024 yil I çoragiga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida közda tutilgan.
Qayd etilişiça, 2024–2030 yillarda bajarilişi nazarda tutilgan birinçi bosqiçda tabiiy gaz qabul qilişni kuniga 32 mln kub metrga yetkaziş közda tutilgan. Loyihani xorijiy kreditlar hisobidan moliyalaştiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, respublika magistral gaz uzatiş tizimini modernizatsiya qiliş va samaradorligini oşiriş dasturini amalga oşiriş dasturi (2021-2024 yillar) ham davom ettiriladi. Umumiy qiymati 483 mln dollar bölgan loyiha 511 km magistral gaz quvurlari va 10 ta gaz nasos agregatini modernizatsiya qilişni közda tutadi.
Ma’lumot uçun, 2023 yilning 7 oktyabr kuni Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya prezidentlari Moskvada ötgan tadbirda rus gazini Qozoğiston orqali Özbekistonga yetkazib beriş jarayoniga start bergandi. Buning uçun 1960 yillarda Turkmaniston va Özbekistondan Rossiyaga gaz uzatiş uçun qurilgan “Örta Osiyo – Markaz” nomli magistral tarmoq teskari işlaşga moslaştirildi.
“UzGasTrade” va “Gazprom eksport” örtasidagi tijoriy şartnoma 2 yil muddatga tuzilgan bölib, kuniga 9 mln kubmetr, yiliga esa qariyb 2 mlrd 800 mln kubmetr tabiiy gaz xarid qilişni nazarda tutadi.
Şundan söng, Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekiston tomoni “Gazprom” bilan örta va uzoq muddatli şartnoma muhokamasini ham boşlab yuborgani haqida ma’lum qilgandi.

















