Moskva şahar sudi amerikalik jurnalist Evan Gerşkoviçni hibsga oliş muddatini uzaytiriş haqidagi Lefortovo tuman sudi qarori ustidan berilgan apellyatsiyani rad etdi. U 30 martga qadar hibsda saqlandi. Bu haqda 20 fevral, seşanba kuni Moskva sudlari matbuot xizmati xabar berdi. 

Evan Gerşkoviç işi 

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yilning 29 martida Yekaterinburgda qölga olingan va keyinçalik josuslikda ayblangan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, jurnalist «Amerika tomonining körsatmalariga binoan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan biri faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». Gerşkoviçning özi ham, naşr ham ayblovlarni rad etadi. Oq uy ularni «bema’ni» deb atadi. 

Gerşkoviç Vadim Krasikovga almaşişga tayyor 

Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlson unga Gerşkoviçni «yaxşi niyat belgisi sifatida» ozod qilişni taklif etdi, şunda Karlson uni Qöşma Ştatlarga olib ketişi mumkin bölardi. Bunga javoban Putinning aytişiça, Rossiya şunçalik köp xayrixohlik körsatganki, u «barça limitni tugatganga öxşaydi». Şunga qaramay, Putin Gerşkoviçni almaşiş variantini rad etmadi. 

The Wall Street Journal 2023 yil sentabrida Putin Rossiya maxsus xizmatlari xodimi ekani aytilayotgan Vadim Krasikovni ozod qilişga şaxsan buyruq berganini yozgan edi. Krasikov Germaniyada çeçen bölginçilarining sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. WSJ ma’lumotlariga köra, Krasikovning ismi Rossiyada josuslikda ayblanib sudlangan AQŞ fuqarolari Pol Uilan va jurnalist Evan Gerşkoviçni almaşiş böyiça muzokaralar çoğida tilga olingan.