21 fevral kuni Toşkent yana bir bor dunyoda eng iflos şaharlar röyxatidan, bu safar binafşa rang (havo ifloslanişing maksimal darajasi) bilan 1 öringa çiqdi. Kun.uz muxbiri bu boradagi savollar bilan Ekologiya vazirligining Atmosfera havosini muhofaza qiliş siyosati bölimi boşliği Bahrom Xolxöjayevga yuzlandi.

“Qiş mavsumida gaz bosimining pasayib ketgani sabab boşqa yoqilği turlari, jumladan, mazut va kömirga ötiş orqali keskin [havo] ifloslanişiga olib kelyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda ham körişimiz mumkin, Toşkent IESda kömir va mazutdan foydalanişni ekologiyani buzadigan holat desak böladi. Kuni keça Sergeli tumanidagi issiqlik stansiyalarida mazutdan foydalanişi ortidan qora tutunli holatni kördik. Bular asosiy manbalar bölsa, boşqa yana bir qança sabablar ham bor: yaşillik darajasi, issiqlik tizimi, avtotransport vositalarining maksimal darajada köpayib ketayotganini, qorlardan keyin ham yöllarni tozalaşda qum sepilişini ham aytiş mumkin. Çunki quyoş çiqib, qor ketgaç, quruq qum hosil böladi – bu ham kötarilib, atrof-muhitni zararlaşi mumkin.

Bu kabi holatlarni bartaraf etiş böyiça har qaysi vakolatli organ tomonidan bir qança işlar amalga oşirilişi kerak. Amalga oşirib kelinmoqda ham. Jumladan, Ekologiya vazirligi tomonidan Toşkent IES faoliyati örganildi. IES ma’lum bir miqdorda [1 mlrd söm] jarima tölovlariga tortildi. Yaqinda bu kompensatsiya tölovlarining 300 mln söm miqdori tölandi.

– 14 fevral kuni Energetika vazirligi havo ifloslanişi mazutdan emasligi haqida bayonot berdi. Bunga vazirlikning munosabati qanday?

– Albatta, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda e’tiroz va muxokamalarga sabab bölgandi. Jamoatçilikdan heç narsani yaşirişning iloji yöq, hamma körib, bilib turibdi. E’tibor berilsa, gaz va mazut, kömirning yoqilişida farq borligini bilişadi. Gaz yoqilganda oq tutunga öxşaş azot dioksidi çiqsa, mazut va kömirda işlaganda qop-qora ifloslantiruvçi tutun çiqadi. Bu ifloslantiruvçi moddalar ayniqsa havo tozalovçi uskuna bölmaganda atmosferada [yaqqol közga] taşlanişini köriş mumkin. Ya’ni filtrlarning lozim darajada işlamayotgani yoki umuman örnatilmaganini körişimiz mumkin.

Biz faqat aynan mazut yoki kömir emas, balki [havo ifloslanişida] boşqa manbalar borligini ham aytib ötdik. Lekin köryapmizki, kuz-qiş mavsumida alternativ energiya manbalaridan foydalaniş keskin havo ifloslanişi holatlari yuzaga keltirmoqda. Energetika tizimining lozim darajada gazdan foydalanişga kuçi yetmaganda yoki gaz bosimi pasayganda kömir va mazutdan foydalanilmoqda, bu albatta atmosfera havosining ifloslanişiga salbiy ta’sir körsatyapti.