«Baxti Taşkentskiy» Baxtiyor Qudratullayevning akasi Şuhrat Qudratullayev qölga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

1966 yilda tuğilgan Şuhrat Qudratullayev oldinroq Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat işi doirasida tergovdan qoçib yaşiringan edi.

U bilan birga yana ikki kişi – 1964 yilda tuğilgan Husan Isomiddinov hamda 1988 yilda tuğilgan Feruz Vapayevga nisbatan ham qidiruv e’lon qilingandi. Uşbu şaxslarni körgan yoki qayerda ekanligi haqida ma’lumotga ega bölganlardan Toşkent şahar IIBBga murojaat qiliş söralgan.

Oldinroq «Baxti Taşkentskiy»ning ikki öğli – Begzod Baxtiyoroviç Zafarov hamda Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor öğli ham jinoyat sodir etişda gumonlanib qölga olingandi.

Eslatib ötamiz, Baxtiyor Qudratullayev dekabr oyi boşida qölga olingan, mayda bezorilik va içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan uçun 15 sutkaga qamalgan, bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev Baxtiyor Qudratullayev uyuşgan guruh tarkibida harakat qilgani va bunday ayblov uçun dalillar yetarli ekanini aytgandi.