Toşkent şahrida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan Hasan Şofayziyev tovlamaçilik jinoyati bilan ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Sud hujjatida u Baxtiyor Qudratullayevga aloqador şaxs ekani aytiladi.

Kun.uz örgangan sud hukmida keltirilişiça, Hasan Şofayziyev “Baxti Taşkentskiy”ning öğli Bekzod Zafarov bilan özaro yaqin munosabatlarga kirişgan. U Baxtiyor Qudratullayev tomonidan Samarqand viloyatiga “polojyenets” qilib tayinlangan şaxs rahbarlik qilayotgan uyuşgan guruhga qöşilgan. Guruh a’zolari Samarqandda “köçani qölga olib”, noqonuniy ravişda boylik orttirişni maqsad qilgan va tovlamaçilik harakatlarini sodir etib kelgan.

Jumladan, guruh a’zolari Samarqand şahrida yaşovçi M.B. qozoğistonlik Murod ismli şaxsdan 10 ming AQŞ dollari miqdorida qarz ekanini bilib, M.B.dan uşbu pulni “köça yeçimi” orqali undirib olişga harakat qilgan. Şundan söng, Bekzod Zafarovning topşiriği bilan jinoiy guruh vakillari Jomboy tumani Beşbola mahallasidagi fermer xöjaligi hududida M.B. bilan uçraşib, unga nisbatan zörlik işlatgan. Ular M.B.ni özlari boşqarib kelgan Epica’ga mindirib, Bulunğur tumanidagi oşxonaga olib borgan.

Guruh vakillari öşa yerda M.B.ga ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazişgan: boşiga şişa idiş bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Şu tariqa uni qörqitib, Muroddan qarz bölgan 10 ming dollarni berişni talab qilişgan. Jabrlanuvçi puli yöqligini aytgaç, undan dastlab 500, keyin 1 200 dollar olib, öz ehtiyojlariga sarflab yuborişgan.

Hasan Şofayziyev sudda aybiga iqror bölmagan va bu jinoyatga aloqasi yöqligini aytgan.

“Bekzod Zafarov bilan 2019 yilda tanişganman. 2022 yil bahor faslida Bekzod yonimga kelib, “özimni yaxşi his qilmayapman, sehr-joduga uçraganga öxşayman. Samarqand şahrida bir yaxşi domla topgan edim, şuning oldiga birga borib kelaylik. Hozirda yonimda pulim yöq, lekin maşina bor, benzin quyib bersang birgalikda borib kelardik. Sen ham bir uşbu domlaga körinib olarding” deb iltimos qildi. Men rozi böldim. Lacetti maşinasida Bekzod va haydovçi bilan birgalikda Samarqand şahriga bordik. U yerda bizni Bekzodning tanişi, özini Sanya deb taniştirgan şaxs kutib oldi. Şu kuni Sanyani birinçi marotaba kördim”, degan Hasan Şofayziyev suddagi körsatmasida.

Şuningdek, u öşa kuni Samarqandda mehmonxonaga borişganini, bu yerga M.B. olib kelinganini aytgan.

“M.B.dan “Aka, nima böldi, tinçlikmi?” deb söradim. U qozoğistonlik bir şaxsdan 2 ta “kran” sotib olganini, ulardan birining pulini bera olmaganini aytdi. Unga şu zahoti “Sizning Bekzoddan qarzingiz bormi? Nima sababdan u sizga jaxl qilyapti?” deb söradim. M.B. Bekzoddan umuman qarzi yöqligini aytdi. M.B.ga qarzi bölmasa ketaverişini aytdim. Şunda Bekzod menga “Nima sen özingni “pravang”ni kaçat qilyapsan” deb jahl qilib qoldi. Şunda unga M,B.ga nisbatan notöğri iş qilayotganini, Samarqandga yaxşi niyatda kelganimni aytdim. Suhbatimizni eşitgan Sanya “Sen nimaga bratanning öğliga taşlayapsan, özingni bosvol” dedi. Söngra uşbu muammolarga aralaşişni xohlamasdan, hamma bilan xayrlaşib, mehmonxonadan çiqib ketdim”, degan Hasan Şofayziyev sudda.