Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2024 yil 19 iyuldagi hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayev hamda boşqa şaxslar jinoiy jazoga tortilgandi.

Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, mazkur hukm ustidan sudlanuvçilarning advokatlari tomonidan apellyatsiya tartibida şikoyat kiritilgan.

Ular orasida Baxtiyor Qudratullayev, uning akasi Şuxrat Qudratullayev, Matlub Mirzoyev, Anvar Mirzaxonov, Feruz Vafoyev, Asadullo Jörayev, Fayziddin Kamolov hamda Mahmudjon Usmonboyev bor. 

Baxtiyor Qudratullayev apellyatsiya şikoyatida jinoiy uyuşma taşkil etiş va tovlamaçilik jinoyatini sodir etmaganini, qilmişlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş jinoyati tarkibi mavjud emasligini, ayblovdagi öndan ortiq epizodlarga aloqasi va daxli bölmaganligi sababli qator ayblovlar böyiça oqlov hukm çiqarib, hukmning xavfli retsidivist deb topişga oid qismini bekor qilişni söragan.

Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida işni körib çiqiş boşlandi.

Ma’lumot uçun, sud hukmiga köra, “Baxti Taşkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi, 109-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 276-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Şuningdek, u Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan öta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. 

Eslatib ötamiz, dastlabki sud hukmi bilan sudlanuvçilarga 3 yildan 20 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan edi. Faqat sudlanuvçilar orasidagi yagona ayol N.Jumaniyazovaga ozodlikni çeklaş bilan boğliq bölgan jazo berilgan. Hukm bilan 6 kişi xavfli retsidivist deb topilgan va ular jazoni maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangandi. 

Hukm e’lon qilinganidan bir kun ötib 60 yoşli Şukurali Qurbonov vafot etgani xabar qilingandi