IIV Baxtiyor Qudratullayevning umumiy tartibli koloniyada jazo muddatini ötayotgan katta öğli Bekzod Zafarov haqida lavha e’lon qildi. Mahkum el orasida “Baxti Taşkentskiy” nomi bilan tanilgan otasining örnini egallayman deya xato öylaganini bildirgan. U koloniyada xöjalik, quriliş işlarini bajarayotganini aytgan. “Notöğri işlar qilgan ekanman. Bitta kasb örganib, yurtga foydam tegadigan iş qilgan holda oilamning bağrida bölganim ming marta afzalroq edi”, degan Bekzod Zafarov.

Içki işlar vazirligi Baxtiyor Qudratullayevning öğli Bekzod Zafarov haqida koloniyadan lavha tayyorladi. Unda mahkum koloniyada nima işlar bilan band bölayotgani haqida aytib ötgan.

Ma’lum qilişiça, Bekzod Zafarov koloniyada xöjalik va quriliş işlari bilan maşğul. Şuningdek, işlab çiqariş korxonasida foydali mehnatga jalb qilingan.

“Baxtiyor Qudratullayevning katta öğli bölaman. Qamalmasimdan oldin otamning yönalişini uşlayman, örnini egallayman degan xayollarda yurgandim. Öylaganlarimning hammasi katta xato ekan. Koloniyaga kelganimga bir yil böldi. Xöjalik işlariga, qurilişlarga qaraşib turaman. Qolgan paytda işlab çiqariş korxonasida sexga işga çiqaman. U yerda temir-tersak bilan iş qilamiz.

Bir yil oldingi hayotim bilan hozirgi hayotim ança farqli. Bu yerda Bekzodmisan, Bekmisan, kim bölsang ham hamma uçun qonun bir. Jinoyat olamining taniqli şaxslariga, jinoyat olamiga heç kim intilmasin. Bu narsadan heç qanday foyda yöq. El-yurtning, ota-onaning xizmatida bölsin. Jamiyatga foydasi tegadigan inson bölsin. Şu narsani sörardim”, degan u.

Bekzod Zafarov odam nimalarni yöqotganini boşiga tuşgaçgina tuşunişini bildirgan va oilasi haqida ham töxtalib ötgan.

“Keyingi yil katta öğlim maktabga çiqadi. Dada, tezroq keling, sizni soğindim, dedi. Şu gaplari hali-hamon xayolimdan ketmaydi. Tunlari bolalarim tuşimga kirib çiqadi.

Özimning maktabga çiqayotgan paytlarimni eslab va hozirgi kunda bolamni 1-sinfga, birinçi qönğiroqqa olib çiqolmayotganim, ota-onalar majlisida iştirok etolmayotganim, unga dars maşğulotlarida qaraşmayotganim, oldida suyanadigan toği bölib turolmayotganim alam qiladi. Şu narsalardan afsusdaman. Qizimning endi tili çiqyapti, şularni körolmayapman. Hamma narsaga odamning özi aybdor böladi. Hozir kimnidir ayblaşim xato, ayb özimda.