Anvarjon Abdullayev Qöştepa tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Qöştepa tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qilindi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etgan sessiyada lavozimidan ozod etilgan Ilyosbek Novikov örniga yangi tuman hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Anvarjon Aliyeviç Abdullayev nomzodi Qöştepa tumani deputatlari tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi va hozirga qadar viloyat Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi boşliği bölib işlab kelgan Anvarjon Abdullayev Qöştepa tumani hokimi etib tasdiqlandi. 

Anvarjon Abdullayev 1982 yilda Özbekiston tumanida tuğilgan. 2004 yilda Farğona politexnika institutini tamomlagan. 2004–2014 yillar davomida Qöqon şahar statistika bölimida, 2014–2022 yillarda Farğona viloyati, Özbekiston va Danğara tumani hokimliklarida mas’ul lavozimlarda, 2022–2023 yillarda esa Farğona viloyati mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği bölib işlagan. 

2023 yildan tayinlovga qadar viloyat Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi boşliği bölib faoliyat körsatib kelayotgandi.

Ilyosbek Novikov Qöştepa tumaniga 2018 yil iyunida rahbar etib tayinlangandi.

Ilyosbek Novikov

2024 yil yanvar oyi oxirida prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yilda 16 ta tumanda birorta köp qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytgan va boş vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini körib çiqişni topşirgandi. Bu hokimlar orasida Novikov ham bor edi.

Öşa yiğilişda tanqidga uçragan Bağdod tumani hokimi Yusufjon Husayinov ham işdan ketgan. Uning örniga Ğanijon Soliyev tayinlangan.