“Hayotiy hikoyalar” ruknida berilayotgan navbatdagi hikoyamiz qahramoni bir paytlar poytaxtdagi yirik bozorlardan birida soliqçi bölib işlagan.

Elektron poçtamga yuborgan maktubida u soliqçi bölib işlagan paytlarida haromdan, birovning haqidan hazar qilmaganini, oxir-oqibat işdan quvilib, qamalib çiqqanini yozibdi.

“Öziga tinç, yaxşi oilada ösib ulğaydim. Otam sovet davrida yaxşi amal egasi bölgani uçun yoşligimizda umuman qiyinçilik körmay ösdik.

Maktabni bitirgan paytimda hali Afğonistonda harbiy harakatlar davom etayotgan edi. Otam öğlimni uruşga olib ketib qolişmasin deb meni darrov öqişga joylab qöydi.

Iqtisodiyot sohasida tahsil olayotgan paytimda baribir armiyaga çaqirişdi. Şunda otam yana jonimga ora kirdi va tanişlarini aralaştirib, meni Afğonga ketişdan asrab qoldi.

Keyinçalik, öşanda otam meni uruşdan olib qoliş uçun bitta Jigulini pulini berganini eşitganman. Yillar ötgaç, boşimga sinovlar tuşgan paytda, sovet davrida ham poraxörlik bölgan ekan-da deb öyladim.

Demak, Moskvaning özbeklarni poraxörlikda ayblab “desant” yuborgani bejizga emas ekan-da. Keyinçalik tuşundimki, sovet davrida bir Özbekistonda emas, ittifoqning barça hududida poraxörlik bölgan. Biroq Moskva bor alamini Özbekistondan olgan.

Köp ötmay sovet harbiylari Afğonistondan qaytarildi. Men institutning oxirgi kursida öqib yurganimda ittifoq alğov-dalğov bölgan, hamma joyda odamlar mustaqillik haqida gapirayotgan edi.

1991 yilda mustaqil böldik, markazdan kelib işlab yurgan juda köp odamlar ortga qaytişni boşlaşdi. Juda köp taşkilotlar qayta şakllantirildi. Sovet davrida bölmaganlari yangitdan taşkil etildi.

Öşa paytda nafaqada bölgan otam tanişlarini işga solib meni tumanlarning biridagi soliq idorasiga xodim qilib qöydi. Ikki yil ötgaç poytaxtdagi yirik bir bozorga soliqçi bölib işga ötdim. Bunda ham otamning “hissa”si bor edi.

Öşa paytlarda bozordagilarning aksariyati viloyatliklar bölib, ular dehqon sifatida savdo qilib yurgani uçun faqat patta puli tölardi. Yakka tadbirkor sifatida röyxatdan ötib işlaydiganlar sanoqli edi.

Bozorga moslaşib olganimdan söng birin-ketin bozorda doimiy savdo qiluvçilarni har oy “dolya” tölaydigan qila boşladim. Ya’ni viloyatdan kelib savdo qilayotganlarning qölida mahallasidan olingan “mahsulotni öz tomorqasida yetiştirgani haqida”gi ma’lumotnoma böladi. Öşa bilan savdo qilaveradi. Lekin har oy menga “dolya” tölaydi.