Rossiya Oliy sudi (OS) apellyatsiya komissiyasi siyosatçi Boris Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasi uni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida röyxatga olmagan qarorini bekor etiş töğrisidagi da’vosi haqidagi şikoyatini rad etdi. Tegişli qaror 4 mart, duşanba kuni qabul qilindi. 

Şu bilan birga, Nadejdin Telegram’da töxtamasligini va «oxirigaça» kuraşişini aytdi. «Men hay’at qaroriga qöşilmayman, şuning uçun Oliy sud prezidiumiga nazorat şikoyati bilan murojaat qilaman. Keyin esa Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilamiz», - deb yozadi u. 

Nazorat şikoyatining apellyatsiya şikoyatidan farqi şundaki, u qonuniy kuçga kirgan sud qarori ustidan şikoyat qiliş imkonini beradi. U qonuniy kuçga kirgunga qadar sud qarori ustidan şikoyat qilişga urinişlar tugasagina berilişi mumkin. 

Nadejdinningprezident saylovida iştirok etişga urinişlari 

Boris Nadejdin Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga saylovda «Fuqarolik taşabbusi» partiyasidan nomzodini ilgari surdi. 31 yanvar kuni u MSKga 105 mingga yaqin saylovçining özini qöllab-quvvatlagan imzosini topşirdi. Nadejdin imzo töplaş jarayonida köplab ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş tarafdori bölgan bu siyosatçini qöllab-quvvatlaş uçun imzo qöymoqçi bölgan fuqarolar qator şaharlarida va xorijda navbatda turgani aks etgan video va fotosuratlar e’lon qilindi. 

Biroq Markaziy saylov komissiyasi Nadejdinni qöllab-quvvatlovçi imzolarning 15 foizdan ortiğini rad etdi. 60 ming imzoni tekşiriş natijalariga köra, ulardan 9147 tasi «yaroqsiz» deb topildi, deb xabar qildi MSK 8 fevral kuni.

Saylovda röyxatdan ötişni rad etişga e’tiroz bildirmoqçi bölgan siyosatçining da’vosi 21 fevral kuni Rossiya Oliy sudi tomonidan rad etilgan edi. 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Nadejdinning yana ikkita da’vosini - imzolarni töplaş va imzo varaqlarini tekşiriş tartibi böyiça rad etdi.