4 mart, duşanba kuni Rossiya Adliya vazirligi «nomaqbul taşkilotlar» röyxatini kengaytirdi. Departament veb-saytiga köra, Germaniyada röyxatdan ötgan uçta nodavlat taşkilot (NNT) reyestrga kiritilgan. 

Ular orasida Germaniya Şarqiy Yevropa tadqiqotlari jamiyati, Fridrix Ebert jamğarmasi hamda Gender demokratiyasi va tinçlikparvarlik uçun mobil akademiya bor. Röyxatda törtinçi örindan Ukrainada uruş boşlanganidan keyin jurnalist Mixail Zigar va kinorejissyor Ilya Xrjanovskiy tomonidan Rossiya taşviqotiga qarşi kuraşiş maqsadida taşkil etilgan XZ foundation (XZ gGmbH) joy oldi. Ommaviy axborot vositalarida fevral oyi oxirida Davlat dumasi deputati Andrey Lugovoyning qoralaşi ortidan u «nomaqbul» deb e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. 

Qayd etilişiça, nodavlat notijorat taşkilotlari Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasining 2024 yil 14 fevraldagi qarori asosida röyxatga kiritilgan. 

«Nomaqbul taşkilot» faoliyatida iştirok etganlik uçun javobgarlik 

Rossiya qonunçiligiga köra, «Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslariga, mamlakat mudofaa qobiliyatiga yoki davlat xavfsizligiga tahdid soladigan» xorijiy va xalqaro taşkilotlar «nomaqbul» deb hisoblanişi mumkin. 

«Nomaqbul taşkilot» faoliyatida iştirok etganlik uçun ma’muriy javobgarlik 15 ming rublgaça jarima şaklida nazarda tutilgan, takroriy iştirok etgan taqdirda - tört yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş. «Nomaqbul taşkilot» faoliyatini moliyalaştiriş yoki taşkillaştiriş uçun jinoiy jazo mos ravişda beş va olti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan belgilanadi.