O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarining narxlari 3 kundan beri rekord darajadagi o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin quymalari narxlari so‘nggi uch kunda quyidagicha shakllangan:

  5 gr 10 gr 20 gr 50 gr
 04.03.2024  4,28 mln so‘m  8,56 mln so‘m  17,13 mln so‘m  42,83 mln so‘m 
 05.03.2024 4,34 mln so‘m 8,69 mln so‘m 17,38 mln so‘m 43,47 mln so‘m
 06.03.2024 4,42 mln so‘m 8,85 mln so‘m 17,7 mln so‘m 44,26 mln so‘m

Oltin quymalari narxlari 6 martda – bir kun ichida 1,8 foizga qimmatladi.

Ayni damda 5 grammlik oltin quymasi – 4,42 mln so‘m, 10 grammlik – 8,85 mln so‘m, 20 grammlik – 17,7 mln so‘m va 50 grammlik – 44,26 mln so‘mga baholanmoqda.

Yil boshiga nisbatan oltin quymalari narxlari 4,49 foizgacha qimmatlagan bo‘lsa, o‘tgan oyning mos davriga nisbatan o‘sish 6 foizga yetgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa o‘lchovli oltin quymalari narxlari 19 foizga qimmatlagan.

  5 gr 10 gr 20 gr