Armaniston Rossiya hukumatiga Rossiya «FSB» çegara xizmatining «Zvartnots» Yerevan aeroportidagi işi töxtatilişi haqida rasmiy xat yölladi, deya xabar bermoqda Armenpress 6 mart, çorşanba kuni mamlakat Xavfsizlik kengaşi kotibi Armen Grigoryanga tayanib. «Bizning pozitsiyamiz şundan iboratki, Armaniston çegara qöşinlari «Zvartnots» xalqaro aeroportida xizmat qilişi kerak», — dedi Grigoryan va bu pozitsiyadan Rossiyaga «rasmiy xat» orqali xabardor etilganini qöşimça qildi.
«Ular ketsa töğri böladi»
2024 yil fevral oyida Armaniston hukumati respublikaning Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidagi (KXŞT) a’zoligi muzlatilganini e’lon qildi. Şundan köp ötmay, mamlakat parlamenti spikeri Alen Simonyan Rossiya «FSB» çegara xizmati xodimlarini Yerevanning «Zvartnots» aeroportidan olib çiqişga çaqirdi. U öz pozitsiyasini Rossiya qöşinlari Armaniston «çegaralarini himoya qilmasligi» bilan izohladi.
Armanistonda «FSB» çegaraçilarining roli haqidagi munozaralarga Ukrainaga qarşi uruşdan qoçgan rossiyalik Dmitriy Setrakov iştirokidagi voqea ham sabab böldi. 2023 yil dekabrida Rossiya xavfsizlik kuçlari öz harakati haqida Armaniston huquq-tartibot idoralarini xabardor qilmasdan, Setrakovni Yerevanda qölga oldi. Keyinroq Setrakov Rossiyaga deportatsiya qilingan. Armanistonlik huquq himoyaçilari rossiyalik çegaraçilar harakatlarini «Armaniston huquq tizimiga hujum» deb atadi.
Armanistonda Rossiya harbiylarining mavjudligi
Rossiya çegaraçilari 1992 yil 30 sentabrda tuzilgan davlatlararo şartnomaga muvofiq Armanistonda joylaşgan. Uşbu hujjatga muvofiq, ular Armaniston-Turkiya va Armaniston-Eron çegaralarida, şuningdek, Yerevandagi «Zvartnots» xalqaro aeroportida alohida nazorat-ötkaziş punktida xizmat qiladi. Armanistonda «FSB» çegara xizmati xodimlarini saqlaş har ikki davlat hukumatlari tomonidan amalga oşiriladi.

















