2024 yilning yanvar oyida 7 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga yanvar oyida davolanish maqsadida eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni bo‘yicha Tojikiston yetakchilik qilyapti – 4,8 ming nafar.

Ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlar kesimida quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 1,1 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 959 nafar;
  • Rossiya – 120 nafar;
  • Turkmaniston — 66 nafar.