Boku Yerevandan törtta noeksklav qişloqdan zudlik bilan çiqib ketişni talab qilmoqda, şuningdek, yana törtta eksklav qişloq masalasini kötarmoqda. Bu haqda Ozarboyjon boş vaziri örinbosari Şahin Mustafoyev ma’lum qildi.
«Armaniston tomonidan bosib olingan 4 ta eksklav bölmagan Ozarboyjon qişloqlariga (Baganis Ayrim, Aşagi Askipara, Xeyrimli va Qizilgajili) kelsak, ularning Ozarboyjonga tegişli ekani şubhasiz va zudlik bilan ozod qilinişi kerak», dedi u.
Bundan taşqari, Boş vazir örinbosari ta’kidlaganidek, Ozarboyjonning armanlar nazoratidagi törtta eksklav qişloği (Yuxari Askipara, Sofulu, Barxudarli va Karki) masalasi arman-ozarboyjon çegaralarini delimitatsiya qiliş jarayoni doirasida hal qilinadi.
Şu bilan birga, qayd qilinişiça, hozir Ozarboyjon-Armaniston davlat çegarasini delimitatsiya qiliş komissiyasi delimitatsiya işlarini olib boriş uçun zarur bölgan normativ-huquqiy bazani yaratiş ustida işlamoqda.
Boku Armaniston ommaviy axborot vositalarining Ozarboyjon tomonidan 31 ta arman qişloği bosib olingani haqidagi ma’lumotlarini rad etmoqda.

















