Yaqin kunlargacha musulmonlar uchun muqaddas sanalgan oy arafasida harbiy harakatlar to‘xtatishi imkonli ishdek ko‘rinayotgandi — Isroil va HAMAS vositachilar orqali Qohirada garovdagilarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirish evaziga vaziyatni yumshatish uchun muzokaralar olib bordi.

Ammo o‘tgan haftada bu muzokaralar natijasiz yakunlandi, garchi Misrdagi manbalar yakshanba kuni vositachilar Isroil bilan kelishuvga erishish maqsadida yana bir bor HAMAS delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bundan natija bo‘lishiga umid qilinmayapti.

Juma kuni AQSh prezidenti Jo Bayden yaxshilikdan umidvor bo‘lsa-da, HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuvga erishish «oson bo‘lib ko‘rinmayotgani»ni aytgandi.

AQShning Isroildagi elchisi Jyek Lyu avvalroq agar kelishuvga erishilmasa, AQShning Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini ham o‘z ichiga oluvchi nisbatan kengroq strategiyasini amalga oshirib bo‘lmasligini aytgandi.

«Harbiy harakatlardagi tanaffus mamlakat shimolida tinchlik yuzaga kelishi va Saudiya Arabistoni bilan munosabatlar normallashishi ehtimolini oshiradi. Garovdagilar bilan bog‘liq inqiroz barham topishi kerak», — degandi u.

Notinch Ramazon

Isroi hukumati Quddusning Eski shahar qismidagi musulmonlar orasida Al-Haram ash-Sharif deb nomlanadigan, yahudiylar Ibodat tog‘i deb ataydigan kompleksni nazorat qiladi.

Yuz minglab musulmonlar islom olamida Makka va Madinadan keyingi uchinchi muqaddas qadamjo sanaladigan, faqat Ramazon oyida ibodat qilish uchun ixtisoslashgan «Al-Aqso» masjidiga kirishga harakat qilib kelishadi. «Al-Aqso»ning yonida yahudiylar ibodat qiluvchi eng muqaddas joy sanalgan G‘arbiy devor joylashgan.

HAMAS falastinliklarni muqaddas oy vaqtida masjidga tashrif buyurishda faol bo‘lishga chaqirgan, Isroil bunga javoban harakatni «Ramazon oyi vaqtida mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishga intilish»da ayblagan.

Shanba kuni Isroil MRB direktori Bill Byorns Iordaniyada Isroilning Mossad tashkiloti direktori Devid Barnea bilan uchrashib, G‘azoda garovda ushlab turilganlarni ozod etish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun sa’y-harakatlarni muhokama qilgani haqida xabar berdi.

«HAMAS Ramazon oyi vaqtida G‘azo sektoridagi falastinliklar hisobiga hududda olov yoqishga harakat qilmoqda», — deyilgan Mossadning Byorns va Barnea uchrashuvi to‘g‘risidagi bayonotida. — HAMAS yon berishdan bosh tortmoqda va ochiqchasiga kelishuvdan manfaatdor emasligini bildirmoqda».