13 mart kuni Xalq deputatlari Kogon tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
 
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Sahob Sulaymonov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi örinbosarlari, viloyatdagi korxona va taşkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari iştirok etdi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. 

«Kogon tumani geografik joylaşuvi, boy tabiati, tarixiy ahamiyatiga köra viloyatimizdagi istiqbolli hududlardan hisoblanadi. Mana şu imkoniyatlardan samarali foydalanilganligi sababli Kogon tumani sönggi yillarda Muhiddin Turdiyeviç Esanov rahbarligida viloyatdagi iqtisodi jadal rivojlanayotgan tumanlar qatoridan joy oldi. Özining boy rahbarlik tajribasi, boşqaruvçilik qobiliyati, qat’iyati va talabçanligi bilan tumanda Hurmatli Prezidentimizning islohotlari ijrosini ta’minlaşda jonbozlik körsatdi. Ammo keyingi paytda Muhiddin Esonovning soğligi yomonlaşganligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarişda qiyinçiliklarni keltirib çiqarmoqda. Şu bois Muhiddin Turdiyeviç tuman hokimi lavozimidan ozod etişni sörab murojaat qildi», dedi Botir Zaripov kiriş sözi avvalida. 

Şundan söng Muhiddin Esonov Kogon tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Muhiddin Esonov / Buxoro viloyat hokimligi

Ayni vaqtga qadar «Ğijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida işlab kelgan Otabek Nodiroviç Qazoqov Kogon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holatni tanqidiy tahlil qilib, tumanning yangi rahbari boşçiligida hududni har jihatdan rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan işlarga batafsil töxtaldi. 

  • Ma’lumot uçun, Muhiddin Esonov 2020 yil fevralidan buyon Kogon tumani hokimi edi. U 2011–2016 yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, viloyat hokimligidan olingaç, ma’lum muddat Buxoro tumaniga rahbarlik qilgan, keyinroq  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimida işlagandi.