“Oçiq budjet” portali işida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilişlar bölmoqda. Nosozliklarni töliq bartaraf etiş maqsadida ovoz beriş jarayonlari vaqtinça töxtatiladi va 16 mart soat 00:00 dan boşlab davom ettiriladi.

“Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körilmoqda. Tizim faoliyatiga oid qöşimça savollaringiz yuzasidan uşbu raqam orqali murojaat qilişingiz mumkin: +99871 2035050 (içki raqam — 01323, 01327)”, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi izohida.

Vazirlik rasmiylariga köra, jarayon töxtatilguniga qadar yiğilgan ovozlar saqlanib qoladi.

Ma’lumot uçun, bu mavsumda respublika böylab jami 35 ming 575 ta taklif kelib tuşgan. Ğolib çiqqan taşabbuslarni moliyalaştiriş uçun tuman (şahar) budjetlari hisobidan jami 3,02 trln sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi.