“Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş tizimini isloh etiş va sohani raqamlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

2024 yil 1 maydan:

sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron şaklda beriş (yuboriş, taqdim etiş) tartibi joriy etiladi;

fuqarolardan qarzdorliklari uçun undiruv qaratilişi mumkin bölmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi;

ijro işini yuritişning soddalaştirilgan tartibi poçta xarajatlari böyiça qarzdorlikni undirişga ham tatbiq etiladi.

2024 yil 1 dekabrdan sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining sözsiz ijrosini ta’minlovçi “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi.

2024 yil 1 apreldan sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni şartnoma-vositaçilik asoslarida sotiş faqatgina mol-mulkni qabul qilişdan uni sotişgaça bölgan jarayonlarni masofaviy monitoring qiliş elektron tizimini joriy qilgan savdo taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.