Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan (SI) foydalanişni tartibga soluvçi qonunni ma’qulladi. Bu sun’iy intellektni nazorat qiliş böyiça dunyodagi birinçi «qoidalar töplami» ekani ta’kidlanmoqda. 

Taşabbusning maqsadi «inson huquqlari, demokratiya, qonun ustuvorligi va ekologik barqarorlikni yuqori xavfli sun’iy intellektdan himoya qiliş, şuningdek, innovatsiyalarni rağbatlantiriş va Yevropani bu sohada yetakçi qiliş», deyiladi Yevropa parlamenti bayonotida. 

Qonunda sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarga xavf toifalari ajratilişi belgilab qöyilgan: qabul qilib bölmaydigan (bu holda texnologiya taqiqlanadi), yuqori, örta va past. 

Yangi qonunga köra, quyidagilar taqiqlanadi: real vaqt rejimida yuzni aniqlaş, iş joyi va maktablarda odamlarning his-tuyğularini aniqlaş, ijtimoiy reyting va inson xatti-harakatlarini manipulyatsiya qiluvçi yoki zaifliklaridan foydalanuvçi SI texnologiyalari. 

Umumiy maqsadli SI tizimlari ma’lum şaffoflik talablariga javob berişi kerak. SI tomonidan qayta işlangan barça tasvirlar, audio yoki videoyozuvlar («dipfeyklar») tegişli belgiga ega bölişi talab qilinadi. 

Hujjat hali Yevropa Kengaşi tomonidan tasdiqlanişi kerak. U may oyi oxirida kuçga kirişi kutilmoqda.

Yevroparlament rahbari Roberta Metsola sözlariga köra, qonun Yevropa Ittifoqi fuqarolarining asosiy huquqlarini himoya qiliş bilan birga innovatsiyalarga yordam beradi. 

«Sun’iy intellekt allaqaçon kundalik hayotimizning muhim qismiga aylangan. Endi bu bizning qonunçiligimiz bilan tartibga solinadi», dedi u.