“Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ aksiyadorlari dastavval bozorni ixtiyoriy ravişda likvidatsiya qilişga qarşi bölişgan.
Moliyaçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, joriy yil 31 yanvar kuni ötkazilgan aksiyadorlar umumiy yiğilişida "Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori" AJ aksiyadorlari bozorni ixtiyoriy tugatiş haqidagi masalaga 100 foiz qarşi ovoz berişgan.
Bozor kuzatuv kengaşining 2024 yil 24 yanvardagi qarori bilan nominal qiymati 53,9 mlrd sömlik 36 397 681 dona aksiya çiqariluvi ma’qullangan va 28 fevral kuni uşbu çiqariluv davlat röyxatidan ötgan.
“Tasavvur qilyapsizmi? Tugatilişidan bir kun avval aksiyalar çiqariluvi röyxatdan ötyapti. Tugatilmoqçi bölgan jamiyat qöşimça aksiya çiqaradimi? Aksiyalar çiqariluvini davlat röyxatidan ötkazadimi?” – deya savol qöygan Otabek Bakirov.
Bozor öz faoliyatini ixtiyoriy tugatayotganligi töğrisidagi qaror 29 fevral kuni qabul qilingan va oradan 12 kun ötib e’lon qilingan.
“Kiçik xulosa qilganda, Qöyliq bozorining apil-tapil tugatilişi barça belgilariga köra aksiyadorlarning va bozor boşqaruvçilarining qarori emas. Bu qip-qizil ma’muriy bosim ostidagi özbilarmonlik. Masalaga jiddiy yondaşilsa, bir neça protseduralar buzilganini ham aniqlaş mumkin böladi.
Yana qiziği, yuzlab qarz va kreditlar ilingan va bankrotlik yoqasida bölgan va zarar körib işlayotgan AJlardan farqli ravişda Qöyliq bozori moliyaviy holati juda mustahkam bölgan, 43 mlrd sömdan ortiq jami aktivlarining 99 foizdan ziyod manbayi öz kapitaliga tayangan”, – deya yozadi ekspert.
Ma’lumot uçun, “Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ aksiyalarining 93,2 foizi Toşkent şahar hokimligi, qolgan 6,8 foizi mehnat jamoasiga tegişli.
Qöyliq ulgurji bozori Toşkent şahrini oziq-ovqat bilan ta’minlaşda muhim örin tutadi. Uning örnida nima qurilişi ma’lum emas.













