Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab öquvçilari mingan avtobus beton qoruvçi maşina bilan töqnaşgan on tasvirlangan video paydo böldi.
Videodan körinişiça, YTH sodir bölgan vaqtda çorrahada svetofor işlamayotgan bölgan.
Beton qoruvçi maşina çorrahada asosiy yöldan harakatlangan. Avtobus bilan bir yönalişda, undan oldinroq harakatlanib kelgan yengil maşina töxtab, asosiy yölda harakatlanayotgan beton qoruvçi maşinaga yöl bergan. Biroq içida öquvçilar bölgan avtobus esa harakatlanişda davom etib, yuk maşinasiga urilgan. Buning oqibatida avtobus ham, yuk maşinasi ham ağdarilib kelgan.
Avvalroq Kogon tumanidagi maktab öquvçilarini Buxoro şahriga teatr tomoşasiga olib ketayotgan avtobus YTHga uçragani, oqibatda bir öquvçi halok bölgani xabar qilingandi. Yöl harakati xavfsizligi xizmati öquvçi şifoxonada vafot etganini bildirdi, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rasmiy axborotida esa u voqea joyida halok bölgani aytildi.
















