Boş prokuratura matbuot xizmati Buxoro viloyati Kogon tumanida avtobus hamda yuk avtomobili iştirokida röy bergan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa yuzasidan Buxoro viloyati içki işlar tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, darhol tergovga kirişilgan. 

Bundan taşqari, Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tekşirişda ayrim mansabdor şaxslar maktab bolalarini avtobusda taşiş va hamrohlik qiliş işlarini taşkil qilişda qöpol qonunbuziliş holatlariga yöl qöyganliklari aniqlangan.

Uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işi qözğatildi. 

«Tergov harakatlari har tomonlama, töliq va xolisona ötkazilişi va natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

Nima bölgandi?

18 mart kuni Içki işlar vazirligi matbuot xizmati Buxoro viloyati Kogon tumani hududida avtobus va yuk maşinasi töqnaşişi oqibatida bir kişi halok bölib, bir kişi jarohatlangani haqida xabar berdi. IIV ma’lumotida öquvçi şifoxonada vafot etgani aytilgan, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rasmiy axborotida esa u voqea joyida halok bölgani ma’lum qilindi.

Şuningdek, 25 nafar öquvçiga tez tibbiy yordam körsatilgan.

Kun.uz manbasiga köra, Kogon tumanidagi 5-IDUM öquvçilari dars paytida Buxoro viloyati drama teatriga tomoşaga olib ketilayotgan bölgan.

Bugun.uz ma’lumotiga köra, maktabning 9-10-11-sinf öquvçilaridan iborat 54 nafar öquvçisi ikki avtobusda taşilgan.

Köp ötmay hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo böldi. Unda maktab öquvçilarini Buxoro şahriga teatr tomoşasiga olib ketayotgan avtobus beton qoruvçi maşina bilan töqnaşgani aks etgan. Videoda körinişiça, YTH sodir bölgan çorrahada öşa vaqtda svetofor işlamayotgan bölgan, harakatni tartibga soliş uçun esa YPX inspektori ham bölmagan.