IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati Kogon tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.

Xabarda yöl-transport hodisasi natijasida şifoxonaga yotqizilgan, avtobusda bölgan yölovçilardan biri körsatilgan muolajalarga qaramay, 19 mart kuni vafot etgani tasdiqlangan.

Şu bilan birga, internet ijtimoiy tarmoqlarida yöl-transport hodisasi natijasida avtobus haydovçisi ham şifoxonada vafot etgani haqidagi tarqalgan xabarlar asossizligi ma’lum qilingan.

Avtobus haydovçisi tan jarohati bilan Buxoro şahar Tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan bölib, ayni kunlarda unga tibbiy muolajalar körsatilmoqda.

«Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi turli sahifalar egalaridan asossiz, yolğon ma’lumot tarqatmasliklarini söraymiz», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, «Yangi Özbekiston» naşri YTH oqibatida 1991 yilda tuğilgan avtobus haydovçisi O.Ş. şifoxonada vafot etgani haqida xabar bergandi.

Şu tariqa, YTH qurbonlari soni 2 nafarni taşkil etmoqda.

18 mart kuni Kogon tumanidagi 5-IDUM öquvçilari dars paytida Buxoro viloyati drama teatriga tomoşaga olib ketilayotgan avtobuslardan biri beton qoruvçi maşina bilan töqnaşib ağdarilib ketgandi. Avtobusdagi öquvçilardan biri voqea joyida vafot etib, yana bir yölovçi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani aytilgandi. Rasmiy xabarlarda avtobus haydovçisining holati haqida xabar berilmagan, u şifoxonada ekani ma’lum qilinmagandi.

Kun.uz manbasiga köra, öquvçilarni teatrga olib boriş dars paytida amalga oşirilgan. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi voqeaga javobgar tizim mas’ullariga nisbatan örnatilgan tartibda tegişli çoralar qöllanişini bildirgan.

Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tekşirişda ayrim mansabdor şaxslar maktab bolalarini avtobusda taşiş va hamrohlik qiliş işlarini taşkil qilişda qöpol qonunbuziliş holatlariga yöl qöyganliklari aniqlangan. «Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş» holati böyiça alohida jinoiy iş oçilgan