18 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hududida avtobus hamda yuk avtomobili iştirokida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida yana ikki kişi halok böldi.

Hodisa yuzasidan berilgan ilk xabarlarda maktab öquvçilari Buxoro şahridagi teatrga olib ketilayotgan avtobusda bölgan öquvçilardan biri voqea joyida vafot etgani, yana biri şifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

Kun.uz manbasiga köra, 19 mart kuni Kogon tumanidagi 5-ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabining yana bir öquvçisi şifoxonada vafot etgan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Buxoro viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi matbuot kotibi Iroda Oripova bilan boğlandi. Boşqarma matbuot kotibi öquvçi qiz vafot etganidan xabari yöqligi, kun davomida boşqa tadbirlarda bölgani, biroq boşqarma mas’ullari şifoxonaga borib-kelib turişganini ma’lum qildi.

«Yangi Özbekiston» naşri YTH oqibatida 1991 yilda tuğilgan avtobus haydovçisi O.Ş. şifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan.

Hodisa oqibatida avtobusda bölgan yana 25 nafar öquvçiga tibbiy yordam körsatilgandi.

UPD: IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati YTH natijasida avtobus haydovçisi ham şifoxonada vafot etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.