BMT har yili eng baxtli davlatlar reytingini (.pdf) tuzadi. Baxtni qöl bilan uşlab bölmaydi, lekin uni ölçaş mumkin.
Mutaxassislar baxt darajasini aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot, örtaça umr köriş davomiyligi, mamlakatda korrupsiya mavjudligi va öz qoniqişini sub’yektiv baholaş kabi körsatkiçlar asosida aniqlaydi.
BMT eng baxtli mamlakat deb Finlandiyani tan oldi va bu ketma-ket yettinçi marta. Şuningdek, yuqori öntalikda Daniya, Islandiya, Şvetsiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg, Şveytsariya va Avstraliya ham bor. Afğoniston eng baxtsiz davlat sifatida tan olingan.
Özbekiston 47-örinda qayd etildi. Bu Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari - Qozoğiston (49-örin), Qirğiziston (75-örin) va Tojikistondan (88-örin) yuqori natija. Turkmaniston reytingdan joy olmagan.
Hisobotda, şuningdek, birinçi marta baxt darajasi yoşga qarab tahlil qilingan. Tadqiqotçilarning aniqlaşiça, butun dunyoda odamlarning yoşi ulğaygan sari örtaça baxt darajasi asta-sekin pasayib boradi.
Biroq, Özbekistonda buning teskarisi kuzatilgan: 30 yoşgaça bölgan aholi reytingda 71-örinda qayd etilgan bölsa, 60 va undan yuqori yoşdagilar 22-örinda. Ya’ni, keksalar yoşlarga qaraganda baxtliroq.

















