30 ga yaqin davlat, jumladan Fransiya, AQŞ va Xitoy atom elektr stansiyalari tarmoğini jadal kengaytirişga kömaklaşiş va AES qurilişini moliyalaştirişni osonlaştiriş niyatida. 21 mart, payşanba kuni Bryusselda yadro energetikasi böyiça bölib ötgan birinçi xalqaro sammit yakunlari böyiça qöşma bayonotda: «Biz atom energetikasi salohiyatini töliq işga soliş tarafdorimiz», deyiladi. 

Hujjatda ta’kidlanişiça, atom elektr stansiyalarida işlab çiqariladigan elektr energiyasiz karbonat angidrid taşlamalarini kamaytiriş mumkin emas. Sammit iştirokçilari nafaqat yangi atom elektr stansiyalarini qurişga, balki mavjudlarining işlaş muddatini uzaytirişga ham çaqirdi. Ular, şuningdek, zamonaviyroq, kiçikroq yadroviy reaktorlarni tezroq joriy etiş tarafdori. 

Siyosatçilar xalqaro moliya institutlarini, jumladan Jahon bankini yadro energetikasiga köproq yordam berişga çaqirib, taraqqiyotga yordam beruvçi banklar muqobil energiya loyihalarini moliyalaştirişni afzal körayotganini ta’kidladi. 

Germaniya sammitda qatnaşmadi 

Sammitda, jumladan, Fransiya, Niderlandiya hamda Polşa davlat va hukumat rahbarlari, AQŞ, Xitoy va Yaponiyaning yuqori martabali vakillari iştirok etdi. Atom energiyasidan voz keçgan Germaniya anjumanda qatnaşmadi. Sammit «Grinpis» xalqaro ekologik taşkilot tomonidan uyuştirilgan norozilik namoyişlari fonida bölib ötdi. 

Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) ma’lumotlariga köra, hozirda dunyo böylab 415 ta atom elektr stansiyasi işlamoqda.

2023 yil oxirida bölib ötgan xalqaro iqlim konferensiyasida 20 ga yaqin davlat 2050 yilga borib elektr energiyasi işlab çiqariş böyiça atom elektr stansiyalari quvvatini uç baravar oşiriş niyatida ekanligini ma’lum qildi.